“Kelajakka qaytib” trilogiyasidagi ikki avtomobil auksionga qo‘yildi. Bu haqda Bring a Trailer auksion uyining saytida aytiladi.

Foto: Bring a Trailer

Lotlar orasida DeLorean DMC-12 sport kupesi va Toyota Xtra Cab SR5 pikapi paydo bo‘lgan. Birinchi avtomobil 1981-yilda, ikkinchisi esa 1985-yilda ishlab chiqarilgan.

Kupe 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisiga ega. U 6920 kilometr yo‘l bosgan. Qora Toyota pikapida filmda Marti MakFlay yurgan.

Bundan tashqari DeLorean xaridori uchadigan skeytbord, avtomatik bog‘lanadigan krossovka hamda 2015-yildagi “kelajak gazetasi”ni ham qo‘lga kiritadi.

Toyota Xtra Cab’ga esa Marti MakFlayning haydovchilik guvohnomasi, 1980-yilgi skeytbord va eski videokamera qo‘shib beriladi.

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer