Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda borib, Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv chiqqan qismini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining 1-may kuni soat 18:00 da efirga uzatilgan yangiliklar dasturida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, davlat rahbari Sardoba suv omboridagi avariya sabab tashkil etilgan Hukumat komissiyasi va mutasaddi rahbarlarga to‘g‘onning mazkur qismini tiklash va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar bergan.