Sirdaryo viloyatida 1-may kuni soat 5:55 da Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelib, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktida suv toshqini yuz bergan. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Qo‘rg‘ontepa aholi punkti aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilingan.

FVVdagi manbalar bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q, jiddiy talafotlar ham kuzatilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan videoxabarlar paydo bo‘ldi; unda qishloq xo‘jaligi texnik suv ostida qolgani, odamlar evakuatsiya qilinayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq, 27-aprel kuni Buxoroga yopirilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol viloyatning Qorako‘l va Olot tumanlariga ayniqsa jiddiy zarar yetkazgan edi, ertasi kuni Prezident zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. 30-aprelda esa Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida yuz bergan sel podani oqizib ketgani haqida xabar berilgan edi.