Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilib ketishi oqibatida zarar ko‘rgan mahallalarida olingan videolar paydo bo‘ldi.

Unda qayiqda ketayotgan qutqaruvchilar suv toshqinidan zarar ko‘rgan va hamon suv ichida qolayotgan xonadonlardan odamlarni izlayotganini ko‘rish mumkin.