NASA xodimlari “Yulduzlar jangi” filmidagi “O‘lim yulduzi”ga o‘xshash oyni ko‘rsatdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: NASA

Suratlar kosmik agentlikning Instagram sahifasida paydo bo‘ldi.

Suratlarda Saturnning muzlagan oyi — Mimas aks etgan. Uning yuzasining bir tomonida ulkan krater ko‘rinadi. U Gershel krateri nomini olgan.

Shuning uchun ham kosmik tana “Yulduzlar jangi” filmidagi “O‘lim yulduzi”ga o‘xshaydi. Qayd etilishicha, suratlar Kassini kosmik kemasi yordamida olingan. U 2004—2017-yillarda Saturn orbitasida bo‘lgan.

Foto: NASA

Foto: NASA

Foto: NASA

Foto: NASA

Foto: NASA

NASA suratlar izohiga #StarWarsDay heshtegini ham qo‘shgan. Jorj Lukasning fantastik sagasining dunyo bo‘ylab muxlislari “Yulduzlar jangi” suratga olingan kunni bayram sifatida nishonlaydi.