Hozirgacha 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ular o‘z jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi.

Halok bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga o‘zimning chuqur hamdardligimni bildiraman. Yigitlarimizning jasorati barcha kasbdoshlari va yoshlar uchun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilishning namunasi bo‘lib qoladi”, — dedi Prezident.