O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 6-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Instagram’da kamnamo bo‘lgan xonanda Feruza Jumaniyozova muxlislariga ko‘rinish berdi.

Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir katta hajmdagi shirinlik tayyorlash jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Ozoda Nursaidova Ramazon oyiga bag‘ishlangan qo‘shiq kuyladi.

Turkiyada karantinni o‘tkazayotgan aktyor Alisher Uzoqov futbol o‘ynab yurgan damlarini esladi.

Munisa Rizayeva erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi fikrlarini yozib qoldirdi.

Bollivud aktrisasi Kajol karantinda o‘tirganda hafta kunlari ham o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, har kuni bir xil o‘tishi haqida post joyladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ayrim muxlislaridan xafa bo‘ldi.

Hozirda AQShda istiqomat qilayotgan taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovning Instagram sahifasidan muxlislariga murojaat qildi.

Karantinni Turkiyada o‘tkazayotgan yana bir aktyor Javohir Zokirov bolaligida spektaklda ijro etgan obrazlaridan biri Boburning bolaligi ekanligini aytib o‘tdi.

Hulkar Abdullayeva “Paqa paq” qo‘shig‘ini turkiy tilli millatlar vakillari bo‘lgan san’atkorlar bilan birgalikda ijro etdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov toshqindan aziyat chekkan sardobaliklarga xayriya loyihasiga hissa qo‘shgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.

So‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan xonanda Yulduz Usmonova komik aktrisa Halima Ibragimova orqali barchaga salom yo‘lladi.

Aktrisa Sevara Soliyeva ro‘zadorlarga sabr tiladi.