AQShning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod 5-may kuni “Tolibon” harakati a’zolari bilan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish uchun Dohaga jo‘nagan. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmatiga tayanib, Reuters xabar qilgan.

Foto: AFP

“Halilzod Dohada ‘Tolibon’ harakati vakillari bilan uchrashadi hamda AQSh va ‘Tolibon’ o‘rtasidagi kelishuvlarga amal qilish masalalarini muhokama qiladi”, – deyilgan departament press-relizida.

Shundan keyin Halilzod Nyu-Dehli va Islomobodga boradi, u yerda ham Afg‘onistondagi vaziyat muhokama etiladi.

Fevral oyi oxirida Qatarda o‘tgan AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasidagi muzokaralarda 18 yildan uzoq davom etgan urushdan keyin tinchlik bitimi imzolangan va unda 14 oy ichida Afg‘oniston hududidan xorij davlatlari qo‘shinlarini olib chiqish va mart oyida mamlakat hududida asirlar almashish bo‘yicha muzokara olib borish ko‘zda tutilgandi.

5-may kuni Afg‘oniston xavfsizlik kengashi vakili Javid Faysal hukumatning qamoqxonalardagi 361 nafar “Tolibon” harakati a’zolari ozod qilinganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ozod qilish farmon asosida yana davom ettiriladi va 1,5 ming nafar “Tolibon” harakati vakillarining hammasi qamoqdan chiqariladi.

Avvalroq “Tolibon” harakati a’zolarining 300 nafar a’zosi ozod qilingan, bunga javoban Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida 20 nafar asir Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirilgandi.