AQShda SARS-CoV-2 koronavirusi oqibatida yuzaga kelayotgan o‘rtacha o‘lim holati ko‘rsatkichlari mavsumiy oddiy grippdan 10 barobarga ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Health Affairs nashrida so‘z boradi.

Foto: Reuters

Sietldagi Vashington universitetining farmatsevtika fakulteti hisob-kitoblariga ko‘ra, mavsumiy grippda o‘lim ko‘rsatkichi jami kasallarning 0,1 foizini tashkil etadi, koronavirusda esa ushbu ko‘rsatkich 1,3 foizga teng.

Tadqiqotchilar AQShda 20-aprelga qadar qayd etilgan koronavirusga chalinish bo‘yicha 40 835 ta hamda 1620 ta o‘lim holatini tahlil uchun olgan.

Shu bilan birga, mintaqaga qarab juda katta tafovutlar aniqlandi: Nyu-York shtati Patnem okrugida 0,5 foiz, Vashington shtati King okrugida esa — 3,6 foizgacha.

Avvalroq koronavirus bilan og‘rigan bemorning o‘limiga sabab bo‘luvchi anomal patologiya aniqlangani haqida xabar berilgandi.