O‘zbekistonda 8-may soat 22:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1 kishiga oshib, kasallanganlar 2325 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra8-may davomida O‘zbekistonda jami 27 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shu bilan birga, 8-may kuni mamlakat bo‘yicha 119 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni jami 1775 kishiga yetdi. Kun davomida Toshkentda 30 kishi, Samarqandda 18 kishi, Buxoroda 32 kishi, Xorazmda 1 kishi, Sirdaryoda 8 kishi, Namanganda 22 kishi, Andijonda 2 kishi, Surxondaryoda 6 kishi koronavirusdan sog‘aydi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi. Ayni vaqtda 539 kishi davolanishda qolmoqda.