Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov internetda tarqalgan ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Foto: “Focus.ua”

2020-yil 4-may kuni, taxminan, soat 15:00 larda mudira yashash xonadonida o‘zini osgan. O‘z joniga qasd qilgan ayol tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining aytishicha, mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid tarqalgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritiladi va ishga huquqiy baho beriladi.