9-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 30 nafar homilador ayol koronovirusga chalingan, ularning 22 nafari butunlay sog‘aydi.

Yaqinda Toshkent shahrida 2 nafar koronavirusni yuqtirgan homilador ayol farzand ko‘rdi.

Foto: SSV

Reuters koronavirus davrida dunyo mamlakatlari shifoxonalarida tug‘ruq jarayoni qanday kechayotgani haqida fotoreportaj tayyorladi.

Vyetnamning Xanoy shahrida pandemiya davrida tug‘ilgan bola. Ota-onasi uning yuziga himoya to‘sig‘ini kiydirib, emlashga olib ketmoqda.

Foto: Reuters

Xanoyda hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qarayapti.

Foto: Reuters

Belgiyaning Bryussel shahrida tug‘ishidan avval koronavirusga chalingan Amandina yuziga niqob taqqan holda qizini ko‘tarib turibdi. Ayolda kasallikning hech qanday alomatlari bo‘lmasa ham shifokorlar undan koronavirusga test topshirishni so‘ragan. Natija ijobiy chiqqan.

Foto: Reuters

Iroqning Basra shahrida yashovchi Rafiqa Ibragim yangi tug‘ilgan o‘g‘lining videosini tomosha qilyapti. Ona chaqalog‘i Saifni ko‘rmaganiga bir oydan oshdi. 33 yoshli ayolning homiladorligi og‘ir kechdi. Shifokorlar unga Eronning Axvaz shahridagi kasalxonaga borib davolanishni maslahat berdi. Ayol bu yerda belgilangan muddatdan uch hafta oldin kesarcha kesish yo‘li bilan farzand ko‘rdi. Rafiqa 20 kun o‘g‘lining yonida bo‘ldi. Shifokorlar o‘g‘li Saif yana biroz shifoxonada bo‘lishi kerakligini aytib, unga uyiga javob berdi. Ikki hafta oldin ayolga o‘g‘lini Iroqqa olib ketish mumkinligini aytishdi. Biroq koronavirus tufayli ikki mamlakat chegarasi yopilgan. Shu sabab ayol o‘g‘lini uyga olib kela olmayapti.

Foto: Reuters

Bangkokdagi shifoxonada hamshira mamlakatning koronavirusga chalingan eng yosh bemorini qo‘lida ushlab turibdi. Chaqaloq koronavirusdan tuzaldi va unga uyiga javob berildi.

Foto: Reuters

Britaniyaning Manchester shahrida yashovchi ayol homiladorlikning sakkizinchi oyini boshdan kechirmoqda. U pandemiya tufayli tug‘ruq jarayonida eri ishtirok eta olmasligidan xavotirda.

Foto: Reuters

Ugandaning Kampala shahrida yashovchi Frensis Kibengening homilador rafiqasi shifoxonaga piyoda borayotganida homilasi uning ichida nobud bo‘ldi, keyinroq uning o‘zi ham vafot etdi. Mamlakat hukumati koronavirus tufayli shaxsiy avtomobillar egalariga ruxsatnomasiz harakatlanishni taqiqladi. Bu esa tug‘ish arafasidagi homilador ayollarga katta qiyinchiliklar tug‘dirdi. Mamlakatda ushbu cheklov tufayli kamida yetti nafar homilador ayol vafot etdi.

Foto: Reuters

Nyu-Roshelldagi kasalxonada koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlovchi Hoshim ismli erkak oilasi bilan masofa saqlamoqda. U yangi tug‘ilgan jiyanini birinchi marta ko‘ryapti.

Foto: Reuters

Bangkokdagi kasalxonada yuzlariga himoya qalqonlari taqilgan chaqaloqlar.

Foto: Reuters

Shveysariyaning Jeneva shahrida yashovchi Noemi Bushe, Arno Joel va ularning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i Fransiyada yashovchi qarindoshlari bilan videoaloqa orqali suhbatlashmoqda. Ular aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli kela olmaydi.

Foto: Reuters

Janubiy Ispaniyaning Ronda shahrida yashovchi 40 yoshli Fransisko Pimentel va 38 yoshli Nuriya Bravo uy balkonidan turib yangi tug‘ilgan farzandi Iisusni qo‘shnilariga ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda shifokor 2 kunlik chaqaloqning ota-onasi bilan suhbatlashmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda Naomi Xassebruk o‘g‘li Feliks bilan singlisining yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga qaramoqda.

Foto: Reuters

Kaliforniyada yashovchi ayol 4 kunlik chaqalog‘ining og‘zini videoaloqa orqali stomatologga ko‘rsatyapti.

Foto: Reuters

Londonda opasining uyiga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib bergan Uill Uotson oyna orqali yangi tug‘ilgan jiyanini ko‘rdi.

Foto: Reuters

Iroqning Najaf shahrida himoya kiyimida chaqaloqni tutib turgan hamshira.

Foto: Reuters

Luiziana shifoxonasining tez yordam bo‘limi shifokori smenadan so‘ng uyga qaytib, yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tibbiy niqob taqqan holda erkalamoqda.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Jakarta shahridagi shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida himoya kiyimida yangi tug‘ilgan chaqaloqni ushlab turgan hamshira.

Foto: Reuters

Uxandagi bolalar kasalxonasi izolyatorida koronavirusga chalingan bolaga qarayotgan hamshira.

Foto: Reuters

Meksikalik doya Xuanita Zarate mahalliy klinikada 29 yoshli ayolga uchinchi farzandini dunyoga keltirishga yordam bermoqda. Zaratening aytishicha, u 45 yillik faoliyati mobaynida yuzlab bolalarning dunyoga kelishiga ko‘maklashgan. Mamlakatda hozirda uning xizmatiga talab ortib ketgan. Chunki ayollar koronavirus tufayli yirik kasalxonalarga borishga qo‘rqmoqda.

Foto: Reuters

27 yoshli fotograf Yevgeniya Danigevich yangi tug‘ilgan chaqalog‘i Platon bilan Moskvadagi tug‘ruqxonada. Yevgeniya asli moldovalik. Uning ota-onasi karantin tufayli Moskvaga kela olmadi.

Foto: Reuters