Rossiya fanlar akademiyasi tizimli tahlil instituti katta ilmiy xodimi Aleksadr Kononov koronavirus pandemiyasi sabab odamlarning koinotni o‘zlashtirish jarayoni jadallashishini qayd etdi, deb yozmoqda Rossiyadagi internet-nashrlari.

Foto: “TASS”

“Hozir koinotni o‘zlashtirish anchayin qulay — har tomonlama takomillashgan havo kemalari va stansiyalarni yaratishga sharoit va sabablar yetarli”, — deya u koinotni o‘zlashtirish uchun mablag‘lar ham ajratilishi lozimligiga urg‘u bergan.

Kononovning fikricha, XXI asr oxiriga borib odamlar atrof-muhitga ziyon yetkazadigan har qanday sanoat yoki boshqa ishlab chiqarshi sohasini Yer sharidan tashqarida tashkil qilishi lozim.

“Yer ekologik jihatdan toza hududga aylanishi kerak — yetarli darajada qulay va xavfsiz hudud bo‘lishi zarur. Odamlar koinotda ishlashi kerak, sayyora esa ular dam olishi va nafaqa gashtini surishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan maskanga aylanadi”, — deydi olim.

Kononov kosmik yo‘nalishning mehnat sohasidagi kelajagi porloq bo‘ladi. Shuningdek, u dunyoni robotlashtirishdagi yangi “portlash” kutib turganini ham taxmin qildi.