10-may, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Londonning Xitrou aeroportidagi yo‘lovchilar.

Foto: Reuters

Shanxaydagi Disney bog‘i qayta ochilishiga ishchilar tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Reuters

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘istonda toshqindan jabrlanganlarga quriladigan uylarga poydevor qo‘yishda ishtirok etdi.

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

Livandagi qochoqlar lagerida o‘ynayotgan bolalar.

Foto: Reuters

Angliyaning Morkam shahrida Big Kid sirki iti suratkashni diqqat bilan kuzatmoqda.

Foto: The Guardian

Indoneziyaning Bandung shahrida tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasiga tekshirish uchun yosh qizning burnidan namuna olmoqda.

Foto: Shutterstock

Avstraliyaning Melburn shahrida karantinga qarshi namoyish ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: EPA

Janubiy Koreyaning Sokchxo shahridagi Jukdo plyajidagi syorfingchilar.

Foto: AFP

Livanning Bekaa vodiysidagi suriyalik qochoqlar lagerida katta o‘lchamdagi oyoq kiyim kiyib olgan qizaloq.

Foto: Reuters

Gretsiyada qoya bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan sportchi.

Foto: EPA

Ispaniyaning Gvadalaxara shahrida restoranini 11-may kuni qayta ochishga tayyorlanayotgan erkak. Ispaniyaning ayrim hududlarida karantin cheklovlari yengillashtirildi.

Foto: Reuters

Britaniyaning Bornmut aeroportiga Xitoydan 125 mingta tibbiyot kombinezoni olib kelindi. Samolyot bortida Britaniya sog‘liqni saqlash xizmatiga minnatdorchilik yozuvi tushirilgan.

Foto: Getty Images

Quddusda tarbiyachi bog‘cha bolalariga qo‘llarni to‘g‘ri yuvishni o‘rgatmoqda. Isroilda karantin yengillashtirilib, bolalar bog‘chalari qayta ochilmoqda.

Foto: Reuters

Nepal poytaxti Katmanduda boyo‘g‘li bolasi devor orasidan qaramoqda.

Foto: AFP

Indoneziyaning Banda-Achex shahrida suvga to‘lgan ko‘chada stul ustida o‘tirgan bolakay. Tinimsiz yog‘gan yomg‘ir natijasida shahar ko‘chalarini suv bosdi.

Foto: AFP

Gonkongdagi savdo markazida hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazildi.

Foto: Reuters

Hindistondagi umummilliy karantin vaqtida ishchi migrantlar oilasi Dehlidan Uttar-Pradeshdagi qishlog‘iga qaytishga urinib ko‘rish uchun avtobus stansiyasiga yo‘l oldi.

Foto: AP Photo