Shotlandiyaning Dankeld shahri Pert-end-Kinross okrugida yashovchi fotograf noyob oq rangli olmaxonni suratga oldi. Daily Mail nashri noodatiy jonivorning suratlariga e’tibor qildi.

Foto: PA

Kris Eddington uyi yaqinida sayr qilib yurganida leykizmga uchragan olmaxonni ko‘rib qolgan.

Suratlarda oq rangli olmaxonning daraxt tagida o‘tirganini ko‘rish mumkin.

“Men avval hech qachon bunaqa olmaxonni ko‘rmagandim”, — deydi fotograf.

Foto: PA

Eddingtonning olgan rasmlari Edinburgda joylashgan olmaxonlarni himoya qilish bo‘yicha tashkilotda ham qiziqish uyg‘otgan. Tashkilot vakili AnnMari MakMaster Eddingtonning suratlari ajoyib ekanligini ta’kidlagan.

Leykizm — jonivorlarning ustki qoplami rangining o‘zgarishi hisoblanadi. Ushbu kasallikda jonivorlarda pigment to‘qimalari umuman bo‘lmaydi.