AQShning Ayova shtati Tornton shahrida yashovchi erkak singlisi tomonidan 33 yil oldin yuborilgan otkritkani endi oldi, deb yozadi UPI.

Foto: UPI

Ferma egasi Pol Uillis pochta qutisida singlisi Enni Lovelldan otkritka oldi.

Pol otkritkaga qarab Lovellning 1987-yilda Grand-Kanyonda sayr qilayotgan rasmi borligini ko‘rdi. San-Fransisko pochta markasi ham o‘sha yilning dekabr oyida yopishtirilgan edi.

Otkritkada Ayova shtatining 2020-yil 29-aprelda yopishtirilgan boshqa pochta markasi ham bor edi.

Uillis pochtaga borib, holatga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldi. Pochta xodimasi koronavirus pandemiyasi tufayli hamma pochta bo‘limlarida tozalash ishlari o‘tkazilayotganini aytdi.

Xodimlar polni artish uchun mebellarni surganida xat ularning tagidan chiqqan bo‘lishi mumkin.