11-may, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Livanning Bekaa shahridagi qochoqlar lagerida o‘ynab yurgan suriyalik bolalar.

Foto: Reuters

Xitoyning Shanxay shahrida bir necha oy yopiq turgan Disney bog‘i qayta ish boshladi.

Foto: Getty Images

Indoneziyaning Belavan shahrida kelib chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: Getty Images

Londonda ertalabki tig‘iz paytda Erls Kort metro bekatida poyezd kutayotgan yo‘lovchi.

Foto: Reuters

Senegalning Tuba shahridagi armiya dala gospitalida farzandi bilan birga ko‘rikka kirish uchun navbat kutayotgan ayol.

Foto: Reuters

Gaiti poytaxti Port-o-Prensda qadimchilar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida volontyorlar yo‘lovchilarga tibbiy tavsiyalardan iborat broshyuralar tarqatmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Taynmut shahridagi shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlarga urilayotgan to‘lqinlar.

Foto: PA

Malayziyaning Petaling-Jaya shahrida yopiq hududni ajratib turgan simli to‘siqlar orasida yurgan mushuk.

Foto: EPA

Parijda metroga ketish yo‘lida pardoz qilayotgan niqobli ayol.

Foto: Reuters

Shveysariyaning Morj shahridagi boshlang‘ich maktabda niqob taqib olgan o‘qituvchi dars o‘tmoqda. Maktablar hozirda qisman, bolalarning teng yarmi bilan ochilgan.

Foto: EPA

Tokiodagi ko‘chalardan biriga ilingan banner odamlarni uyda qolishga chorlamoqda.

Foto: EPA

Pekin shahridagi tumanlardan birida videolavhaga tushayotgan balet raqqosasi sakramoqda.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Kobul shahridagi masjidda bolakaylar Qur’on o‘qimoqda.

Foto: Reuters

London shahridagi karantin choralaridan norozi erkak mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonni Sent-Jeyms bog‘ida to‘xtatib gapirmoqda.

Foto: LNP

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Germaniyaning Noys shahridagi qariyalar uyi derazasidan qizining oilaviy suratlariga qarab turgan onaxon.

Foto: Reuters

Isroilning Quddus shahridagi bog‘chada oynaga bo‘yoq bilan chizayotgan qizaloq. Mamlakatda yopiq tartib asta-sekin yumshatilmoqda.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahrida yuk mashinasining ochiq turgan tomida yolg‘iz onalar uchun serenada chalib berayotgan pianinochi Rodrigo.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida yo‘lovchilarning tana haroratini nazorat qiluvchi Thermal Corona Combat Headgear nomli qurilmani taqib olgan politsiya zobiti.

Foto: Reuters