Reuters koronavirus pandemiyasi davriga to‘g‘ri kelgan Ramazon dunyoning turli mamlakatlarida qanday o‘tayotgani aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.

Suriyaning Aleppo provinsiyasida ko‘ngillilar tomonidan taqdim etilgan iftorlik.

Foto: Reuters

Pokistonning Karachi shahrida xayriya qilingan iftorlikni olib, yelkasida o‘g‘lini ko‘tarib ketayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Ramazon oyida Muqaddas Makka shahridagi Ka’ba oldida turgan xavfsizlik xizmati xodimlari.

Foto: Reuters

Isroilda falastinlik bola bepul tarqatilayotgan iftorlikni olmoqda.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Jalolobod viloyatidagi masjidda Qur’on o‘qiyotgan bolalar.

Foto: Reuters

Burkina-Fasodagi masjidda Ramazon oyida namoz o‘qiyotgan ayollar.

Foto: Reuters

Eronning Tehron shahrida kambag‘allarga tarqatiladigan ehsonni tayyorlashga yordam berayotgan bola.

Foto: Reuters

Germaniyaning Vuppertal shahrida o‘zi va ikki yosh bolasi uchun iftorlikni qabul qilib olayotgan bangladeshlik musulmon ayol.

Foto: Reuters

Koronavirusga chalingan bemorlarga qaragani uchun oilasidan ayro yashayotgan falastinlik hamshira iftor vaqtida eriga guruch bilan to‘ldirilgan qoshiqni ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Pokistonning Krachi shahrida kunlik ishchi yo‘lning o‘rtasida o‘tirib iftorlik qilmoqda.

Foto: Reuters

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Nablus shahrida odamlarni saharlikka uyg‘otayotgan jarchi.

Foto: Reuters

G‘azo sektorida bepul tarqatilayotgan iftorlikni olishga kelgan falastinliklar.

Foto: Reuters

Somalida ayol o‘z farzandlari bilan birgalikda iftorlik tayyorlamoqda.

Foto: Reuters

Vashingtonda Ramazonning birinchi kunida musulmonlar jamiyati a’zolariga bepul iftorlik tarqatayotgan Xazim Maki va Shahriyor Aarbi.

Foto: Reuters

Shri-Lankada uy tomida iftorlik qilayotgan musulmon oila.

Foto: Reuters

Hindistonning Dehli shahrida iftorlik qilayotgan oila.

Foto: Reuters

Nepalda nochor oilalarga tarqatish uchun tayyorlanayotgan iftorlik.

Foto: Reuters

Hindistonning Dehli shahrida masjid oldida iftorlik qilayotgan musulmon erkak.

Foto: Reuters

Kanadadagi Bayt ur-Rahmon masjidi imom-xatibi Umair Xon bo‘m-bo‘sh masjid oldida oilasi bilan.

Foto: Reuters