O‘zbekiston Senati 11-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yalpi majlisda O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligini ma’qulladi.

Ovoz berish jarayonida 100 nafar senatordan 91 nafari ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qullab ovoz berdi, 16 senator qarshi chiqdi, to‘rt senator betaraf qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 28-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishini ma’qullagan edi. O‘shanda qaror muhokamasida 150 nafar deputatning 132 nafari (ba’zi manbalarga 133 nafari) qatnashgan, 86 deputat ma’qullab ovoz bergan, 32 nafari qarshi chiqqan (ma’lumotlarga ko‘ra, ularning deyarli bari “Milliy tiklanish” partiyasi a’zolari), 14 deputat betaraf qolgan (betaraf qolganlardan biri Rasul Kusherbayev).