4-maydan Italiyada joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatila boshlandi. Odamlarga sport bilan shug‘ullanish, sayr qilish va bir hududda yashaydigan qarindoshlarinikiga borishga ruxsat berildi.

Italiyalik Jessika Kristofolini 56 kun deganda qallig‘i Fabritsio Bottamedinikiga keldi.

Foto: Metro

Qiz uy darvozasidan kirishi bilan yigitning Ali laqabli iti uni quvonch bilan qarshi oldi. It Jessikaning atrofida tinmay sakrardi.

Yevropa mamlakatlari orasida koronavirus pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat Italiya bo‘ldi. Mamlakatda COVID-19’dan 30 395 kishi vafot etdi, kasallanganlarning umumiy soni 218 268 kishidan oshib ketdi.