Xitoydagi kinoteatrlarga sanitariya choralariga rioya qilgan holda ishni qayta tiklashga ruxsat berildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Xitoyda kinoteatrlar koronavirus tufayli yanvar oyi oxiridan beri yopiq edi.

Ishni qayta tiklamoqchi bo‘lgan kinoteatrlar tomoshabinlarni xavfsiz masofada o‘tqazishi, binoni tez-tez shamollatishi, muntazam ravishda dezinfeksiya o‘tkazib turishi kerak. Tomoshabinlar himoya niqobini taqishi kerak.

Xitoy davlat kengashi qarorida kinoteatrlar ochilishiga ruxsat berilgan aniq sana ko‘rsatilmagan. Kengash boshqa muassasalar, jumladan, restoran, supermarket va savdo markazlariga ishni qayta tiklashni tavsiya qilgan.

Mart oyida ham Xitoy kinoteatrlari ishni qayta boshlashga urinib ko‘rgan edi. Biroq tomoshabinlar kinozallarga bormagan. Mamlakatda eng kamida 2300 ta kinoteatr bankrot bo‘lgan.