Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” asari asosida 1986-yilda suratga olingan shu nomli serial o‘zbek tomoshabinlarining qalbidan joy olgan. Serial ekran yuzini ko‘rganiga 30 yildan oshdi. Quyida bosh rol ijrochilari bugun qanday ko‘rinishga ega bo‘lganiga ko‘z yugurtiramiz.

Foto: Getty Images

Serialdagi Feride obrazini Aydan Shener ijro etgan. 57 yoshli aktrisa bugungi kunda otasi va qizi bilan yashaydi. U so‘nggi paytlarda filmlarda deyarli rol ijro etmaydi. Aydan hozirda xayriya bilan shug‘ullanadi.

Foto: Getty Images

“Choliqushi”dagi Kamron — Kenan Kalav serialdagi muvaffaqiyatidan so‘ng yana bir nechta filmlarda rollar ijro etgan. Biroq ushbu filmlarning hech biri “Choliqushi”ning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Kenan bir muddat Ispaniyaning Barselona shahrida restoran ochib, o‘sha yerda yashadi, keyin yana Turkiyaga qaytdi va filmlarda suratga tusha boshladi. U hammasi bo‘lib 25 ta film va seriallarda rol ijro etgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ferideni himoya qilib, sevgilisi bilan birga bo‘lishiga ko‘maklashgan soxta turmush o‘rtog‘i roli Xayrullabeyni Sadri Alishik ijro etgan. U 1995-yilda vafot etgan. Quyida esa uning yoshligi va filmdagi obrazi taqqoslanadi.

Foto: Getty Images

Feridening asrab olgan qizi Munisani Mine Chayiro‘g‘li ijro etgan. Mine hozirda ham filmlarda suratga tushadi.

Foto: Getty Images

Feride va Kamronni avval urishtirib, serial so‘nggida yarashtirib qo‘ygan Mujgon obrazini aktrisa Seray Gyozler ijro etgan.

Foto: Getty Images