Xitoyning Shanxay shahridagi Disney bog‘i uch oy deganda qayta ochildi. 11-may, dushanba kuni bog‘ga minglab odamlar tashrif buyurdi. Reuters bog‘dan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Reuters

Bog‘da endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Parad va mushakbozliklar o‘rnini taqilishi majburiy bo‘lgan tibbiy niqoblar, tana haroratini tekshirish jarayoni va ijtimoiy masofani saqlash majburiyati egalladi.

5,5 milliard dollar evaziga qurilgan Xitoydagi ushbu ko‘ngilochar bog‘ butun dunyoda 280 000 kishining umriga zomin bo‘lgan pandemiya davrida ishga tushirilgan birinchi Disney bog‘i hisoblanadi.

Uch oy yopiq turgan paytda Disney bog‘i 1,4 milliard dollar zarar ko‘rgan.

Bog‘ ochilgan 2016-yilda u 10 million nafar mehmonni qabul qilgan. Koronavirus tufayli bog‘ ma’muriyati kunlik tashrif buyuruvchilar sonini 20 foiz yoki 16 000 kishiga qisqartiradi.

Disney bog‘i bolalar o‘yin maydonchalarini hali ochmadi. Bundan tashqari, aksariyat attraksionlar, shuningdek, restoran va shou tomoshalar ma’lum muddat yopiq bo‘ladi. Vaziyat yaxshilanishiga qarab, ular keyinchalik ochilishi mumkin. Bog‘da ovoz kuchaytirgich yordamida tashrif buyuruvchilardan masofa saqlash hamda bir joyga to‘planmaslik so‘ralmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters