Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 11-may kuni 16:30 da Lacetti va motoroller ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-592 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. 36 yoshli A.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishdan kelayotgan 38 yoshli K.A. boshqaruvidagi motoroller bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

Foto: YHXBB

Oqibatda motoroller haydovchisi K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4K-592 avtomobil yo‘lida 27-aprel va 8-may kuni ham odam o‘limi bilan yakunlangan YTHlar yuz bergandi.