Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 11-may kuni soat 20:30 larda avtobus velosipedchini urib yubordi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa Toshkent—Dushanbe avtomobil yo‘lining 63-kilometrida yuz bergan. 1983-yilda tug‘ilgan G‘.M. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi Sirdaryo viloyatidan Yangiyo‘l shahri tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo‘lni ko‘rish imkoniyatini kamaytirgani sababli G‘.M. bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 1987-yilda tug‘ilgan A.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Foto: YHXBB

33 yoshli A.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB

YHXBB haydovchilarga murojaat qilib, haydovchilardan shahar hududida transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmaslik, yaqinni yoritish chiroqlaridan foydalanish, piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishni so‘rab qoladi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan 802 ta YTHdan 7 tasi qarama-qarshi kelayotgan avtomobil chiroqlarining nuri haydovchining ko‘ziga tushishi oqibatida ro‘y bergan.