12-may, seshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Vashingtondagi Kolumbiya okrugida joylashgan Oq uyda tashkil etilgan matbuot anjumanida qo‘lini bigiz qilib jurnalistlardan savol so‘rayotgan mamlakat prezidenti Donald Tramp.

Foto: EPA

Sardoba suv ombori to‘g‘onining g‘arbiy devori 1-may kuni yorilib ketgan. NASA’ning 8-mayda olingan suratlarida suv oqimi O‘zbekiston va Qozog‘istonning aynan qayerida to‘planganini ko‘rish mumkin.

Foto: NASA

Xitoyning Uxan shahridagi Tuntszi kasalxonasida Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida quchoqlashayotgan hamshiralar.

Foto: Getty Images

Xitoyning Lyaonin provinsiyasida egasining ortidan savatcha ko‘tarib ketayotgan it.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Malaga shahrida qisman yopilgan Banyos del Karmen tumanida sleklayn sport turi bilan shug‘ullanayotgan yigit.

Foto: Getty Images

Malayziyaning Petaling-Jaya shahridagi koronavirus tufayli yopilgan tumanda yashovchi erkak yetkazib berish xizmatidan ovqat olib qolmoqda.

Foto: EPA

Londondagi metro poyezdlarida ketayotgan aholi. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson uydan turib ishlay olmayotganlar ishga qaytishi mumkinligini bildirgan.

Foto: EPA

Fransuz Polineziyasining Taiti shahridagi Teayupoo qirg‘oqlarida shug‘ullanayotgan syorfer. 2024-yilda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida aynan ushbu joy syorfing bo‘yicha musobaqalarni qabul qiladi.

Foto: Getty Images

Shri-Lankaning Kolombo shahridagi shifoxona oldida Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan selfiga tushayotgan xodimlar.

Foto: EPA

Niderlandiyaning Sxeveningen hududida yo‘qolgan sportning suvli turlarini sevuvchilarni ko‘piklar orasidan qidirish jarayoni.

Foto: Rex

Dubay shahridagi Burj-Halifa osmono‘par binosiga “Xayriya uchun dunyodagi eng baland quti” deb yozilgan. Ushbu shiorli kampaniya kam daromadli insonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga qaratilgan xayriya ishlariga yo‘naltirilgan.

Foto: Getty Images

AQShning Nyu-York shahrida koronavirus haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazma.

Foto: Rex

Malayziyaning Selayang shahrida Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tibbiyot xodimlari tushgan suratlar kollaji.

Foto: Getty Images

Moskva viloyatidagi “Krokus Ekspo” ko‘rgazma markazida vaqtincha tashkil etilgan shifoxona. Unda mingdan ortiq “koyka” o‘rinlari, jumladan, 120 ta reanimatsiya joyi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Moskva”

Fitnes murabbiyi G‘arbiy Londondagi Fulhem hududida joylashgan mashg‘ulotlar guruhida harakatlarni ko‘rsatib bermoqda.

Foto: Reuters

Xitoyda qayta ochilgan Shanxay Disney bog‘ida selfi tushayotgan tashrif buyuruvchi.

Foto: Reuters

Barselona shahrida havoda uchib yurgan bir martalik tibbiyot qo‘lqopi.

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtatidagi Frimont zavodida Tesla Model 3 mashinasidan chiqib kelayotgan xodim. Ilon Mask zavodni qayta ochish orqali mahalliy mansabdorlarning cheklovlariga qarshilikni namoyon etgan.

Foto: Reuters

Iordaniyalik imom Ahmadning qizlari taroveh namozi oldidan Qur’on qiroat qilib o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Kanadaning Kvebek hududidagi Katta Monreal tumaniga qarashli maktablar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Suratda o‘quvchi qo‘lini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters