Moskvada 12-maydan boshlab jamoat joylarida individual himoya vositalari — niqob va qo‘lqopda yurmagan fuqarolar jarimaga tortiladigan bo‘ldi. “Kommersant” poytaxt meriyasining qarori qay tarzda ijro etilayotgani tasvirlangan suratni to‘plab taqdim etdi.

Moskva meri Sergey Sobyaninning tegishli qaroriga ko‘ra, jamoat transportlari, taksi, savdo markazlar, shuningdek, ish joyidagi barcha fuqarolar niqob va qo‘lqop taqishi majburiy etib belgilandi

Foto: “Kommersant”

Moskva shahrida jamoat joylarida niqobsiz yurganlar 4 ming rubl (52 dollar), transportdagilar esa — 5 ming rubl (65 dollar) jarimaga tortiladi.

Foto: “Kommersant”

Himoya niqoblarida metropolitenning barcha kassalarida va vending apparatlarida sotilmoqda

Foto: “Kommersant”

Tibbiy niqob narxi 30 rubl, qo‘lqop esa — 20 rubldan sotilmoqda

Foto: “Kommersant”

Niqob rejimining birinchi kunidagi transportdagi yo‘lovchilar faqatgina ogohlantirilmoqda

Foto: “Kommersant”

Supermarket eshigidagi e’lon: “Iltimos, niqob taqing”

Foto: “Kommersant”

Moskva metropoliteni poyezdi vagonidagi yo‘lovchilar

Foto: “Kommersant”

12-may kuni Yo‘l-patrul xizmati haydovchilarning shaharga kirish ruxsatnomalarini tekshirmoqda. Oldinroq berilgan ruxsatnomalar muddati avtomatik ravishda oy oxiriga qadar uzaytirilgan

Foto: “Kommersant”

Moskva transport departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 12-may tongida metropolitenning 94 foiz yo‘lovchisi niqobda, 68 foizida qo‘lqop bo‘lgan

Foto: “Kommersant”

Avtobusga o‘tirayotgan erkak niqob va rezina qo‘lqopda

Foto: “Kommersant”

Fuqarolarning niqob va qo‘lqop taqmaganligi do‘konlar va jamoat transportidagi kameralar yordamida aniqlanishi mumkin, biroq jismoniy shaxsga nisbatan rejimni buzganlik uchun jarima faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri rasmiylashtirilishi mumkin

Foto: “Kommersant”

Videokuzatuv kameralaridagi ma’lumotlardan yuridik shaxslarning qonunbuzarligini qayd etishda foydalanish mumkin

Foto: “Kommersant”

Metro poyezdining vagoniga chiqayotga qiz

Foto: “Kommersant”

“Ashan” gipermarketida joylashgan savdo zalidagi xaridorlar

Foto: “Kommersant”

“Niqob taqilganida u og‘iz va burunni yaxshi yopishi, biror ochiq joy qolmasligi kerak”, — deyiladi FVV tavsiyasida

Foto: “Kommersant”

Tver ko‘chasidagi politsiya posti jamoat joylarida niqob va qo‘lqopda yurilishini nazorat qilmoqda

Foto: “Kommersant”

Mutaxassislar niqobdan 2-3 soatdan ortiq foydalanmaslikni tavsiya qiladi, virusdan himoyalovchi respiratorlar uchun ushbu chegara 8 soatni tashkil etadi

Foto: “Kommersant”