UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan jihozlangan Damas negizidagi tez tibbiy yordam avtomobillari partiyasi Tojikistonga yuborildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, avtomobillar maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilgan.

Avvalroq Tojikistonga shifokorlar bilan bir qatorda konteynerlar, 10 ta sun’iy nafas oldirish apparati va juda ko‘p tibbiy xalat, dori vositalari, qo‘lqop, respiratorlardan iborat insonparvarlik yordami ham jo‘natilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalasi hamda Sardobada yuz bergan falokatni muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston XitoygaErongaAfg‘onistongaQirg‘izistongaTojikistongaBelarusgaOzarbayjongaVengriyaTojikistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun XitoyBAA va AQShdan yordam oldi.