Samarqand viloyatining Toyloq tumanida istiqomat qilgan O‘. ismli bemor 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Qayd etishlaricha, u surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironligi ham belgilangan.

U 28-apreldan 5-maygacha yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

“Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Bemorning yoshi ma’lum qilinmagan.

Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.