13-may, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Italiyaning Verchelli shahridagi bolalar bog‘chasida ijtimoiy masofalanish qanday yordam berishini aniqlash maqsadida bolalar sinov mashg‘ulotlariga jalb etilgan.

Foto: Reuters

Pragadagi hayvonot bog‘ida yaqinda dunyoga kelgan fil bolasi singlisi va onasi bilan sayr qilmoqda.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Tarragona shahrida niqobni peshonasiga taqib olgan fuqaro.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Jakarta shahridagi Persaxabatan shifoxonasining tez yordam bo‘limidagi bo‘sh xonada ibodat qilayotgan xodim.

Foto: Reuters

Kolumbiyaning Kali shahrida Venesuelaga qaytib borish uchun avtobus kutayotgan muhojirlar.

Foto: Getty Images

Formula-3 poygachisi Sofiya Flyorsh Germaniyaning Myunxen shahridagi uyida mashq qilmoqda.

Foto: Reuters

AQSh senatorlari Richard Byorr va Tim Keyn Vashingtondagi senat qo‘mitasi yig‘ilishida tirsak urishtirib ko‘rishmoqda.

Foto: Reuters

Uzoq masofalarga yugurish bo‘yicha Olimpiada va jahon chempioni Mo Fara Londondagi Richmond-parkda kiyiklarning yaqinida mashq qilmoqda.

Foto: Reuters

Falastinliklar Isroil harbiylari tomonidan qo‘llangan ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan qochmoqda. G‘arbiy qirg‘oqda Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Yabad shahrida isroillik harbiy tosh bilan o‘ldirilgach, harbiy reydlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Reuters

Keniya sog‘liqni saqlash tizimi xodimi yuk mashinasi haydovchisidan koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun namuna olmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Berlin shahridagi Brandenburg darvozalari oldida turfirmalarning xodimlari turizm sohasida kuzatilayotgan iqtisodiy tang holatni eslatish uchun chiqish qilmoqda.

Foto: Getty Images

Tehrondagi Orom bog‘ida Ramazonning 19-kunida ibodat uchun avtomobillarida yig‘ilayotgan musulmonlar.

Foto: Getty Images

Londonda quruvchi ish hududidan chiqmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Xaynan hududida Pekin operasi asoslarini o‘rganayotgan qizaloq.

Foto: Getty Images

Londondagi metroda ertalabki tig‘iz vaqtda turgan politsiya xodimi va yo‘lovchilar.

Foto: Getty Images

Tailand poytaxti  Bangkokda kam ta’minlangan oilalar bepul “lanch-boks”larni volontyorlardan qabul qilib olmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Maynxed hududida 2 ta baliqchi Somerset plyajida baliq tutmoqda.

Foto: EPA

Afg‘onistonning Kobul shahrida tibbiyot xodimi tug‘ruqxonaga qilingan terakt hujumida onalari vafot etgan chaqaloqlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonning Nodiya shahrida mobil telefonlarni ishlab chiqaruvchi zavoddagi yig‘uvchi konveyerda himoya niqoblari taqib olgan xodimlar.

Foto: Reuters

Hindistonning Dehli shahrida mahsulot sotayotgan sotuvchi.

Foto: Rex