14-may, payshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

AQShning Norton hududidagi tashlandiq tekstil fabrikasida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilmoqda.

Foto: AP Photo

Germaniyaning Frankfurt shahri yaqinidagi ot zavodiga yeldirib ketayotgan island otlari.

Foto: AP Photo

Buyuk Britaniyaning Blit shahrida Nortumberlend kulbalari yonidan o‘tib ketayotgan velosipedchi.

Foto: EPA

Parijda qayta ochilgan boshlang‘ich maktab yeriga chizilgan smayl belgisi bolalarning masofa saqlashiga ko‘maklashishi nazarda tutilgan.

Foto: Reuters

Senegal poytaxti Dakarda taksi kutayotgan ikki ayol. Mamlakatda ayni damda 2 mingdan ortiq koronavirusga chalingan bemorlar bor.

Foto: Rex

Niderlandiyaning Zvolle shahridagi fond muzeyi qayta ochilishi oldidan ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini joriy etib chiqmoqda.

Foto: EPA

Paragvayning Asunsyon shahridagi ulgurji bozorda tashlandiq sabzavotlar yig‘uvchisi bo‘lib ishlaydigan 11 yoshli bola.

Foto: AP Photo

Parijda malinua zotli itga koronavirus infeksiyasi yuqqan matoni topish o‘rgatilmoqda.

Foto: Getty Images

Puerto-Rikoning Las Pyedras shahrida o‘rta maktab bitiruvchisi tantanada mashinasida o‘tirib qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro Alvorada saroyidan chiqa turib niqobini to‘g‘rilab olmoqda.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Kobul shahridagi tug‘ruqxonada onalaridan ayrilgan chaqaloqlar.

Foto: Reuters

Misrning Qohira shahridagi bo‘sh reklama bannerlari oldidan o‘tib borayotgan mashinalar.

Foto: Reuters

Pokistonning Karachi shahrida politsiya tomonidan ijtimoiy masofa saqlamagan odamlar sabab yopilgan savdo bozori oldida yig‘ilgan olomon.

Foto: Reuters

Pekindagi zavodga uyushtirilgan ekskursiyaning tushlik vaqtida ijtimoiy masofa saqlab ovqalanayotgan xodimlar.

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahrida universitetning bo‘shab qolgan kampusida bemalol yurgan toshbaqa.

Foto: Reuters

AQShning Kanzas shtatidagi uyda masofa saqlab birgalikda kino ko‘rayotgan qo‘shnilar.

Foto: Reuters

Italiyaning Bergamo shahrida L’Eco di Bergamo gazetasida e’lon qilingan ko‘plab nekrologlarni ko‘zdan kechirayotgan jurnalist.

Foto: Reuters

Hindistonning Ahmadobod shahrida Uttar-Pradesh shimoliga, uylariga yetib olish uchun poyezd kutayotgan muhojir mehnatkashlar.

Foto: Reuters

Madriddagi La-Pas shifoxonasida koronavirus sabab vafot etgan xodimlar xotirasini 2 daqiqalik sukut bilan yod etayotgan shifokor.

Foto: Reuters

Tailandning Bangkok shahrida qayta ochilgan restoranda ijtimoiy masofa saqlashni ta’minlash maqsadida odamlar orasiga o‘yinchoqlar qo‘yib chiqilgan.

Foto: Reuters

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi buyum bozorida o‘zlarining savdo qila olish qobiliyatini jonli efirda sinab ko‘rayotgan qizlar.

Foto: Reuters