Reuters dunyoning turli mamlakatlaridagi tashkilotlar, restoranlar va salonlarda masofa saqlash qanday tashkil etilgani haqida fotoreportaj tayyorladi.

Tailandning Bangkok shahrida ochilishga tayyorlanayotgan bank xodimlari. Ular niqob va himoya qalqonlarini taqib olgan.

Foto: Reuters

Shri-Lanka hukumati Kolomboda qariyb ikki oy davom etgan karantindan so‘ng xususiy va davlat tashkilotlarining qayta ochilishiga ruxsat berdi. Odamlar liftda masofa saqlamoqda.

Foto: Reuters

Pekindagi zavod ishchilari tushlik paytida masofa saqlamoqda.

Foto: Reuters

Fransiyaning Nitssa shahrida masofa saqlab tramvay kutayotgan odamlar.

Foto: Reuters

AQShning Michigan shtatidagi korxonalardan biridagi kirish va chiqish yo‘lagi.

Foto: Reuters

Tokiodagi bankda ko‘zga tashlangan holat.

Foto: Reuters

Belgiyaning Bryussel shahridagi Mercedes avtodilerida masofa saqlab turgan odamlar.

Foto: Reuters

Bangkokda qayta ochilgan restoranda masofa saqlash tadbirlari doirasida ishlatilayotgan o‘yinchoq pandalar yonida ovqatlanayotgan odamlar.

Foto: Reuters

AQShning Texas shtatidagi salon xuddi shunday ishlamoqda.

Foto: Reuters

Bangkokdagi restoranda tushlik qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Fransiyadagi Renault zavodi ishchisi yuziga niqob taqqan holda avtomobillar yig‘iladigan konveyerda o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Italiyadagi avtomobil, samolyot va avtobuslar uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqariladigan zavodda masofa saqlashga undovchi belgi.

Foto: Reuters

Bangkokdagi restoranda masofa saqlab ovqatlanayotgan xo‘randalar.

Foto: Reuters

Michigan shtatida General Motors kompaniyasi xodimlari tana harorati o‘lchanib, ishga kiritilmoqda.

Foto: Reuters

Pekindagi fabrika ishchilari masofa saqlagan holda tushlik qilmoqda.

Foto: Reuters

Fransiyadagi Toyota zavodiga kiraverishda.

Foto: Reuters

Tailandning Bangkok shahrida karantindan keyin qayta ochilgan restoranda ovqatlanayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Amsterdamda restoranlar ikki kishilik joylarni maxsus kabina bilan o‘rab chiqqan. 

Foto: Reuters

Michigan shtatidagi zavodda ishchilar o‘tiradigan stol masofani saqlash nuqtayi nazaridan shunday jihozlangan.

Foto: Reuters