O‘zbekistonda 15-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4 nafarga oshib, kasallanganlar soni 2686 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 3 tasi 12—14-may kunlari Rossiyadan Qoraqalpog‘istonga kelgan fuqarolarda, yana bir holat esa Qoraqalpog‘istonda infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.

O‘zbekistonda shu kunga qadar, koronavirus infeksiyasidan 2158 nafar fuqaro butunlay sog‘aydi, 517 nafar bemor davolanishda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 80 foizni tashkil qilmoqda.