Reuters koronavirus pandemiyasi davrida dunyo shaharlar yuqoridan qanday ko‘rinishi aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Braziliyaning San-Paulu shahrida himoya kostyumlaridagi tobutkashlar koronavirusdan vafot etgan bemorni ko‘mish uchun olib kelmoqda.

Foto: Reuters

Fransiyaning Kale shahridagi sahro.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahrida go‘rkovlar yangi go‘r qazmoqda.

Foto: Reuters

Parijdagi bo‘m-bo‘sh Etual maydoni va Triumf arkasi.

Foto: Reuters

Texasda yashovchi bir necha yuzlab odamlar tekin tarqatilayotgan mahsulotlarni olish uchun mashinalarida navbat kutmoqda.

Foto: Reuters

Gretsiyaning Santorini orolidagi bo‘m-bo‘sh ko‘chalar.

Foto: Reuters

Tailandning Bangkok shahridagi Baiyoke Sky mehmonxonasi tomidan huvillab yotgan ko‘cha ko‘rinyapti.

Foto: Reuters

Floridadagi “Disney sehrli qirolligi” bog‘i huvillab yotibdi.

Foto: Reuters

Los-Anjelesdagi maktab yonida to‘xtab turgan avtobuslar. Darslar onlayn o‘tila boshlanganidan so‘ng ular ishsiz qoldi.

Foto: Reuters

Ramazonning birinchi kunida Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahrining yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkdagi bo‘m-bo‘sh Tayms xiyoboni.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkdagi Xart orolidagi qabristonning yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

BAAning Dubay shahridagi shayx Zayd yo‘lining ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Los-Anjelesdagi portda terib qo‘yilgan yangi mashinalar.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Jakarta shahrida munisipalitet ishchilari koronavirusdan vafot etgan bemorni dafn etmoqda.

Foto: Reuters

Rio-de-Janeyrodagi Marakana stadionining yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Turkiyaning Istanbul shahrida karantin tufayli o‘z uyi balkonida qo‘shnilari uchun raqsga tushib berayotgan raqqosa.

Foto: Reuters

Fransiyaning Lilla shahridagi bo‘m-bo‘sh ko‘cha.

Foto: Reuters

Fransiyaning Normandiya shahridagi bo‘shab qolgan avtoturargohlar.

Foto: Reuters

Fransiyaning Parij shahridagi Yelisey shoh ko‘chasi.

Foto: Reuters

Los-Anjeles yaqinidagi bo‘m-bo‘sh chorraha.

Foto: Reuters

Yaponiyaning Yokogama shahridagi attraksionlar bog‘ining yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters