15-may, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Belgiyaning Knokke-Heyst shahrida ijtimoiy masofalanish haqidagi ogohlantirishlar qo‘yilgan to‘siqlar. Ayni damda mamlakatda yopiq tartib yumshatilishi reja qilinmoqda.
Foto: Reuters
Avstraliyaning Sidney shahridagi Bondi plyajida selfi qilayotgan ayollar. Ayni paytda Yangi Janubiy Uelsda qat’iy choralar yumshatilgan.
Foto: Getty Images
Xitoyning Uxan shahridagi yashash joyidagi sinov poligonida kutib turgan qizaloq. Shahar ma’muriyati 10 kun ichida deyarli 11 million aholisini koronavirusga tekshirib chiqadi.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 15 ta, Janubiy Koreyada esa 27 ta yangi holat aniqlandi
Italiyaning Florensiya shahrida restavrator suratlarni ta’mirlab chiqmoqda. Galereyalar 18-maydan keyin ochilishi belgilangan.
Foto: Getty Images
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Janubiy Afrikaning Keyptaun shahri yaqinidagi hududda qarovsiz qolgan bolalar oziq-ovqat uchun navbatda.
Foto: Getty Images
Berlinda parlament sessiyasi vaqtida spikerning nutqidan so‘ng navbatdagi so‘zga chiquvchi oldidan minbar tozalanmoqda.
Foto: EPA
Venesuela poytaxti Karakasdagi maktabda o‘qituvchi internetga kira olmaydigan oilalar olib kelgan daftarlardagi uy vazifalarini tibbiy qo‘lqopda tekshirib chiqmoqda.
Foto: AP Photo
Germaniyaning Filipsburg shahridagi atom elektrostansiyasida ekspluatatsiyadan chiqarilayotgan qismning qulashi.
Foto: Reuters
Hindistonda farzandiga suv ichirib turgan ona. Mamlakatda 78 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingani qayd etilgan.
Foto: EPA
Oq uy xodimlari AQSh prezidenti Donald Tramp uchib kelishidan avval traplarni tekshirib chiqmoqda.
Foto: “TASS”
Niderlandiyaning Xilvarenbek shahridagi bog‘ qayta ochildi. Buni jirafalarning avtomobilga bo‘y cho‘zib turganidan sezsa bo‘ladi.
Foto: EPA
Sardoba falokati jabrlanuvchilariga tarqatilgan 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatidagi tashrifi davomida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisiga moddiy yordam sertifikatlari tarqatgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mavzuga doir: Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan har bir xonadonga Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 mln so‘mdan berildi
Buyuk Britaniyaning Brayton qirg‘oqlari bo‘yidagi teskari uy oldidan yugurib ketayotgan ayol.
Foto: Reuters
AQShning Pensilvaniya shtatidagi Markaziy katolik o‘rta maktabi bitiruvchilari masofa saqlab suratga tushmoqda. Bitiruv oqshomi bekor qilingan.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Nekrologlarga to‘lgan Italiya nashrlari, o‘yinchoqlar bilan ovqatlanayotgan odamlar, onasiz qolgan chaqaloqlar. 14-may suratlari
- Uyining ichida mashq qilayotgan poygachi, turfirmalar namoyishi, avtomobilda ibodat qilayotgan ro‘zadorlar. 13-may suratlari
- Xalqaro hamshiralar kunini nishonlayotgan dunyo, Barselonadagi “sayohatchi qo‘lqop”, mansabdorlarga qarshi Ilon Mask. 12-may suratlari
- Fuqarodan gap eshitgan bosh vazir, qayta ish boshlagan Disney bog‘i, Qur’on o‘qiyotgan bolalar. 11-may suratlari