Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus shifokorlarni bolalarda yuz berayotgan yangi yallig‘lanish sindromiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Mazkur sindrom Kavasaki sindromiga o‘xshaydi va koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“So‘nggi haftalarda Yevropada va Shimoliy Amerikada Kavasaki kasalligi va toksik shok sindromiga o‘xshash ko‘p tizimli yallig‘lanishga uchragan bolalar intensiv terapiya bo‘limlariga tushgani haqida xabarlar kelib tushdi. Dastlabki taxminlar bu sindromni COVID-19 bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Uning sababini tushunish va davolash choralarini aniqlash uchun bu sindromni tezlikda aniqlash kerak”, — dedi tashkilot rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST butun dunyo bo‘yicha shifokorlar tarmog‘i bilan bolalarda kuzatilayotgan mazkur sindromning dastlabki tavsifini ishlab chiqqan.

JSST rahbari butun dunyodagi shifokorlarni milliy hukumatlar va JSST bilan ishlashga, tayyor bo‘lishga va bolalardagi bu sindromni yaxshiroq tushunishga chaqirgan.