4-may kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Ayol tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan edi.

“Xabar.uz” nashrining ma’lum qilishicha, ayol 17-may kuni vafot etgan.

Mudiraning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha 4-maydayoq tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlangan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid tarqalgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilishi va ishga huquqiy baho berilishini bildirgandi.