Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 17-may kuni 3 yoshli bolani traktor tirkamasi bosib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa soat 09:10 larda “O‘qchi” mahallasi ichki yo‘lida yuz bergan. 1979-yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvidagi “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotib, Qumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda 2017-yilda tug‘ilgan M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

May oyida traktorlar ishtirokidagi odam o‘limi bilan yakunlangan boshqa yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘lgandi. Jumladan, 3-may kuni Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida Captiva bilan to‘qnashishi oqibatida traktor yo‘lovchisi bo‘lgan 13 yoshli bola, 12-may kuni Buxoroning Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar vafot etgandi.