O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi orkestri YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan klip — Luis Fonsining Despacito qo‘shig‘i musiqasini jonli ijro etdi. Musiqani ijro etish jarayoni aks etgan video vazirlikning Telegram kanaliga joylashtirildi.

IIV akademiyasi orkestri sozandalari barcha fuqarolarni uyda qolishga chorlab, ularga yaxshi kayfiyat tilagan.

2017-yilda yaratilgan Despacito qo‘shig‘i  YouTube’da 6,7 milliard marta tomosha qilingan va YouTube tarixidagi eng ommabop klip sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.