Taniqli aktyorlar Xoakin Feniks va Runi Mara ilk marta ota-ona bo‘ladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter

Qayd etilishicha, Mara hozirda homiladorlikning oltinchi oyida. Los-Anjelesda yashovchi juftlik bu holga izoh bermagan. Aktyorlar uch yillik munosabatlardan so‘ng 2019-yilda turmush qurgan edi.

45 yoshli aktyor Xoakin Feniks “Gladiator”, “Joker”, “U”, “Ruanda mehmonxonasi” va boshqa filmlarda suratga tushgan.

35 yoshli Runi Mara esa “Iztiroblar girdobida”, “Kerol”, “Ajdarho tatuirovkali qiz” , “U”, “Sharpa tarixi” kabi filmlarda turli obrazlarni yaratgan.