19-may kuni kechasi Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasiga meteorit tushdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ko‘chadagi kuzatuv kameralari samoviy jismning Yerga tushishini tasvirga oldi. Videoda nur taratayotgan yirik obyektning osmondan uchib tushib, o‘chganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, meteoritni hududdagi bir necha joydan, xususan, Kuraginskiy, Minusinskiy, Karatuzskiy va boshqa yaqin tumanlardan kuzatish mumkin bo‘lgan.

Obyekt tushgan joy noma’lum. Guvohlarning aytishicha, meteorit tushganidan keyin kuchli qarsillash eshitilgan.