Koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlarga yordam berish uchun 33 million funt to‘plagan Buyuk Britaniyada yashovchi 100 yoshli urush faxriysi Tomas Murga ritsar unvoni berildi, deb xabar beradi BBC.

Foto: BBC

Urush faxriysini shu tarzda taqdirlashni mamlakat bosh vaziri Boris Jonson taklif qilgan.

“Polkovnik Tomning fantastik xayriya aksiyasi rekord o‘rnatib, koronavirus tumanida bizga ishonch nurlarini baxsh etdi. Ushbu ajoyib voqeadan ta’sirlangan barcha insonlar nomidan polkovnikka minnatdorchilik bildiraman. U — bizning haqiqiy milliy xazinamiz”, — dedi Jonson.

Britaniya bosh vaziri o‘z murojaatida, shuningdek, Murning muvaffaqiyati Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganini ham aytib o‘tdi.

Jonson Britaniya qirolichasiga Murni ritsarlik unvoni bilan taqdirlashni so‘rab murojaat qildi. Yelizaveta II ushbu so‘rovni qanoatlantirdi. Endilikda urush faxriysini rasmiy ravishda “ser Tomas Mur” deb chaqirishadi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar uchun bog‘ida sayr qilib, 30 million funt to‘plagan va You’ll never never walk alone qo‘shig‘iga kuylangan kaver bilan xit-paradda birinchi o‘rinni egallagan Ikkinchi jahon urushi faxriysi kapitan Tom Mur 30-aprel kuni 100 yoshga to‘ldi.