“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Muzeylar hozirda vaqtinchalik yopiq bo‘lishi mumkin, ammo ular ko‘plab insonlar uchun biror narsani kashf qiladigan bilim manbai bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, hozirda virtual muzey sayohatlari ishlab turgan bir vaziyatda. Bugungi  xalqaro muzeylar kunida ilhomlantiruvchi maskanlar kunini birgalikda nishonlaylik va muzey xodimlarining mashaqqatli vazifalari uchun tashakkur bildiraylik”, – Antonio Gutterish, BMT bosh kotibi.

“Vatandoshlar vatan uchun qanchalik xayriya qilyapti? AQSh va Kanadadagi vatandoshlar O‘zbekiston uchun xayriya kampaniyasini boshlagan edi. Kamida chorak million yig‘ishga bel bog‘lashgan. Onlayn jamg‘armaga bir oyda 56 ming dollar tashlandi”, – Navbahor Imamova, “Amerika ovozi” o‘zbek xizmati radiosi jurnalisti.

“1969-yilda kollejni tugatgan paytimizda kursdoshlarimga ‘Qo‘rquv doim biz bilan, ammo unga vaqt ajratishga vaqtimiz yo‘q’, deb aytgandim. 50 yildan oshiq vaqt o‘tibdiki, qo‘rquv bizni karaxt qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan va yo‘llarimizni ayro qiladigan jihatlarini ko‘rdim”, – Hillari Klinton, amerikalik senator.

“Tramp qanday raketa haqida gapirayotgani borasida kimdadir ma’lumot bormi? Bu masalada Obama hukumatida ishlagan paytimda shug‘ullangan edim. Hozirda biroz anglolmay turibman”, – Maykl Makfol, siyosatchi.

“O‘zbekiston yaqinda bank tizimini isloh qilishning 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan tizimni barqaror, natijador va zamonaviy bo‘lishini ta’minlovchi strategiyani qabul qildi”, – Liliya Burunchuk, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘limi direktori.

“Axmat Qodirov nomidagi fond bugun Falastinda yordam bermoqda. O‘n mingdan ortiq oila oziq-ovqat ko‘magini olmoqda”, – Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari.

“Hozirda aviachipta narxlari quyidagicha ekan: Toshkent—Nukus: 810 000 so‘m, Toshkent—Termiz: 680 000 so‘m, Toshkent—Urganch: 760 000 so‘m. Koronavirusga test topshirishga 224 415 so‘m qo‘shiladi”, – davletovuz.

“Qatar dunyoning koronavirusdan vafot etganlar soni eng kam qayd etilgan davlati bo‘lishi bilan birga koronavirusdan kasallanganlar eng ko‘p qayd etilgan va niqob taqmaganlik uchun o‘ta qattiq jazo tayinlanadigan mamlakatlaridan biri. Niqobsiz yurish uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi yoki 55 ming AQSh dollarigacha jarima tayinlanishiga sabab bo‘ladi”, – DW News Twitter sahifasi.

“Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari strategik hamkorlikni kuchaytirishda davom etadi. Muhammad ibn Zayd bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra biz birgalikda pandemiya va uning oqibatlariga qarshi hamkorlik qilamiz va pandemiyadan keyingi dunyoni birgayaratamiz”, – Emmanuel Makron, Fransiya prezidenti.

“Bu ko‘pchiligimiz uchun mashaqqatli davr bo‘lganini bilaman. Siz qurbon qilgan barcha narsa uchun hammangizga tashakkur bildiraman. Biz virus cho‘qqisidan o‘tib oldik va ishonchim komilki, qoidalarga amal qilib, qo‘lni qo‘lga berib ishlasak, virusni yengamiz va do‘stlarimiz hamda oila a’zolarimiz bilan qayta birlashamiz”, – Boris Jonson, Buyuk Britaniya bosh vaziri.

“Bizga universal, hukumat qanoti ostidagi sog‘liqni saqlash tizimi kerak, chunki erkin bozor epidemiyalarga duch kelishga va ularga qarshi kurashga tayyor emas”, – Yuval Noy Harari, tarixchi va yozuvchi.

“Bugun mamlakatimizdagi barchani 19-may sanasida nishonlanadigan Otaturk, Yoshlar va sport kuni bilan tabriklayman. Ishonchim komil, yoshlarimiz milliy ruhni saqlagan holda mamlakatimizga yorug‘ kelajak keltiradi”, – Omina  Erdo‘g‘on, Turkiya Respublikasining birinchi xonimi.

“Andrea Pirloga to‘p uzatish bu go‘yoki uni saqlash uchun yashirishdek gap. Andrea Pirlo, tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin”, – UEFA Chempionlar Ligasining Twitter’dagi sahifasi.

“Qozog‘istonda koronavirusga qarshi kurashi uchun medali paydo bo‘ladi”, – Fergana.News yangiliklar nashri.

“Xalqaro valyuta jamg‘armasi Armanistonga moliyaviy yordamni 280 million AQSh dollarigacha oshirdi” – Reyter axborot agentligi.

 Jahongir Ergashev tayyorladi.