Ayni paytda Rossiyada 14 ta platformada 47 ta koronavirus vaksinasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

“Umid qilamizki, ularning ayrimlari sezilarli natijalar beradi”, — degan u Federatsiya kengashi yig‘ilishi chog‘ida.

Golikovaning aytishicha, may oyi o‘rtalariga kelib tibbiy asboblar va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar davlat reyestriga IFA (immunoferment tahlili) va PZR (polimer zanjir reaksiyasi) usulidagi tahlillar o‘tkaziladigan 24 ta sinov tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan 17 ta test-tizimi ro‘yxatdan o‘tkazilgani va ulardan laborator tashxis qo‘yishda foydalanib kelinayotgani xabar berilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming kishidan oshib ketgan.