Ukraina xavfsizlik xizmati 773 million pochta manzili va 22 million parolni 2019-yil yanvar oyida oshkor qilgan xakerni qo‘lga tushirdi. O‘g‘irlangan ma’lumotlar bazasi oshkor bo‘lishi eng katta va shov-shuvli ishlardan biriga aylangan edi.

Foto: Videodan kadr

Sanix niki ostida ishlagan xaker Ivano-Frankovsk viloyatida ro‘yxatga olingan. Uning kompyuteridan 2 terabayt o‘g‘irlangan axborot, shuningdek, 190 ming griven hamda 3 ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Xaker bu pullarni noqonuniy faoliyati orqasidan ishlab topgan”, – degan Ukraina xavfsizlik xizmati vakili.

UXX bergan ma’lumotlar bo‘yicha ukrainalik xaker 2019-yil yanvarda e’lon qilingan manzillar bazasi va parollarni pullamoqchi bo‘lgan. Bu bazada u egalik qilayotgan ma’lumotlarining juda kam qismi kiritilgan. Xakerning ixtiyorida bu kabi bazalardan kamida 7 tasi mavjud bo‘lgan, ularda shaxsga doir ma’lumotlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi hamda Shimoliy Amerikada yashovchi odamlar haqidagi axborotlar bo‘lgan.