21-may, payshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Pekinda tashkil etilgan Xitoy Milliy siyosiy konsultativ anjumanining ilk majlisiga kirib kelayotgan mamlakat rahbari Si Szinpin.

Foto: Reuters

Kolumbiyaning Letisiya shahrida tub aholi bo‘lmish Uitoto qabilasi vakillari yuzida niqob va milliy kiyimlarda turibdi.

Foto: AFP

32 yil avval mehmonxonada yo‘qolib qolgan Mao In onasi Li Szinchji bilan Xitoyning Shensi provinsiyasida diydorlashdi.

Foto: Reuters

Yaponiyaning Kagosima shahridagi Sakuradzima tog‘lari uzra H2B raketasidan qolgan izlar.

Foto: Reuters

Pekinda tashkil etilgan Xitoy Milliy siyosiy konsultativ anjumanining ilk majlisi oldidan Katta zalning chiqish eshiklarini fotosuratchiga ko‘rsatib turgan qo‘riqchi.

Foto: Reuters

AQShning Florida shtatidagi Kliruoter plyaji qayta ochilib, odamlar unda vaqtlarini chog‘ o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Suonsi shahri yaqinidagi hududda chaqmoq.

Foto: Rex

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Ramazon Hayiti oldidan mushakbozlik uyushtirayotgan aholi vakili.

Foto: Rex

Hindistonning Midnapor shahrida “Amfan” siklonidan zarar ko‘rgan uyidan narsalarini olib chiqayotgan erkak.

Foto: AFP

Germaniyaning Fishbaxau shahridagi Birkenshtayn ibodatxonasi yaqinida diniy marosimga milliy kiyimlarda kelgan oila. Tadbir koronavirus tufayli bekor qilingan.

Foto: Getty Images

Yaponiyaning Osaka shahridagi Sinsekay tumanining odamlarsiz ko‘chasi. Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe g‘arbiy qismdagi ayrim hududlarda favqulodda vaziyatni bekor qildi.

Foto: EPA

AQShning Michigan shtati Midlend shahridagi Edenvill va Senford dambalari o‘pirilishi oqibatida Tittabavassi daryosi suvi shaharga oqib kirdi. Uyidan evakuatsiya qilingan keksalar karavotda o‘tiribdi.

Foto: Reuters

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi hamda dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suriyaning Idlib shahrida Ramazon Hayiti arafasida qochoq bolalarning sochlarini olib qo‘yayotgan Xalqaro yordam va taraqqiyot uyushmasining volontyor sartaroshlari.

Foto: Reuters

Hindiston sharqi va Bangladeshga kelgan “Amfan” sikloni sabab aksariyat aholi evakuatsiya qilindi. Biroq ayrim odamlar koronavirus xavfidan qo‘rqib, berilgan boshpanalarda turishni rad etdi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Myunxen shahridagi balkonda maxsus tashkil qilingan stolchada ovqatlanayotgan malla olmaxon.

Foto: Reuters

Burundining Ngozi shahrida prezidentlik, qonunchilik organlari va kengashlarga saylovda ovoz berish uchun navbatda turgan odamlar. Koronavirus xavfiga qaramasdan siyosiy tazyiqlar ostida ommaviy to‘planishlar davom etmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Vashington shahridagi Mishlen restorani ijrochi yordamchisi Jessi Douson manekenlar orasida kechki ovqatga hozirlanmoqda. Restoran yaqinda qayta ochiladi.

Foto: Reuters

Italiyaning Neapol shahrida restoranlari ochilishidan avval tibbiyot xodimlarini olqishlayotgan ishchilar.

Foto: Reuters

AQShning Lisburg shahrida koronavirusga test topshirish uchun navbatda terilib turgan avtomobillar.

Foto: Reuters

Parij yaqinidagi Kormey-An-Parizi tumanida dizayner tomonidan ovqatlanish joylaridagi xo‘randalar uchun maxsus ishlab chiqilgan himoya kapsulasi ichidagi ayol.

Foto: Reuters