Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-may holatiga ko‘ra, bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 106 mingta holat qayd etilganini va bu pandemiya boshlanganidan beri kuzatilgan antirekord ekanini bildirdi. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda JSST bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

“Ortda qolgan 24 soat ichida jami 106 mingta kasallanish holati aniqlangan. Bu pandemiya boshlanganidan beri kuzatilgan eng katta raqam. Ushbu holatlarning qariyb yarmi 4 ta mamlakat hududiga to‘g‘ri keladi”, — degan u.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, JSST COVID-19 bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi ayrim mamlakatlarda o‘rta yoki past daromadga ega aholining og‘ir vaziyatga tushishi mumkinligidan ham xavotirda.