Mazkur taomni tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi va natijadan ko‘nglingiz to‘lishi aniq.

Foto: Lifehacker

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Sabzi — 600 gr
  • Zira — ta’bga ko‘ra
  • Qizil “chechevitsa” (yasmiq) — 140 gr
  • Sarimsoq piyoz — ta’bga ko‘ra
  • Sabzavotli bulyon
  • Tuz — ta’bga ko‘ra
  • Ko‘katlar
  • Qizil murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Ishni sabzini qirg‘ichdan chiqarishdan boshlang.
  • Tayyor bulyon bo‘lmasa, odatiy retseptdan foydalanib bulyon pishirib oling.
  • Quruq tovaga zira va qizil murch solib biroz qovurib oling.
  • Tovaga, yog‘, sarimsoq piyoz, sabzi va “chechevitsa” soling.
  • Bulyonni ham qo‘shib aralashtiring.
  • Qaynab chiqqanidan keyin yana 15 daqiqa olov ustida tuting.
  • Blender yordamida aralashmani bo‘tqa holiga keltirib, tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Dasturxonga tortishdan avval, bir qoshiq smetana va ko‘katlar bilan bezash tavsiya etiladi.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.