Toshkent shahrining Sergeli tumanida 20-may kuni yarim tunda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa soat 00:05 larda THAY ko‘chasida joylashgan “Mustang” AYoQSh qarshisida yuz bergan. 1997-yilda tug‘ilgan M.M. ismli yigit boshqaruvidagi Matiz yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1952-yilda tug‘ilgan piyoda N.P.ni urib yuborgan.

Foto: YHXBB

Hodisa oqibatida 68 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.