Belgiyaning Carat Duchatelet tyuning-atelyesi Toyota Land Cruiser 200 modeliga o‘zgartirish kiritib, o‘z versiyasini taqdim etdi — yapon yo‘ltanlamasi o‘q o‘tmaydigan limuzinga aylantirildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Carat Duchatelet

Buning uchun dastlab tyunerlar avtomobilni ikki bo‘lakka ajratishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng kuchaytirilgan tormozlar va o‘q o‘tmaydigan kuzovni o‘rnatish sabab yuzaga kelgan og‘irlikni ko‘tarishga qodir ilgaklar o‘rnatilgan. Shuningdek, avtomobil saloni ham o‘zgarishlarga uchragan: limuzin ichida ajratuvchi to‘siq, ulkan televizor, yig‘ma stollar va modernizatsiyaga uchragan o‘rindiqlar paydo bo‘lgan.

Foto: Carat Duchatelet

Interyerni jihozlashda eng sifatli mahsulotlardan foydalanilgan: tabiiy yog‘och, yuqori sifatli charm va alkantara.

Carat Duchatelet mijozlarga ikki xil darajadagi himoyani taklif etmoqda — B6 va B7. Ikkala holatda ham zirhlangan kuzov kalibri 7,85 millimetr bo‘lgan o‘qlarga bardosh bera oladi.

Foto: Carat Duchatelet

Zirhlangan Toyota Land Cruiser 200 limuzinining narxi oshkor qilinmagan. U har bir mijozning shaxsan o‘ziga aytiladi.

Foto: Carat Duchatelet

Foto: Carat Duchatelet